Soliq qoʻmitasida AQSHning “Governful” kompaniyasi bilan uchrashuv
2026-10-27 15:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qoʻmitasida qoʻmita mutaxassislari va AQShning sunʼiy intellekt sohasiga ixtisoslashgan Governful kompaniyasi loyihalar boʻyicha global rahbari Neyt Benson bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Neyt Benson Samarqandda oʻtkazilgangan “C5+1” forumi doirasida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tadbirda Soliq qoʻmitasi Raisi maslahatchisi A.Elmuradov, departament direktori F.Ahmedjanov hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi soliq mutaxassislari ishtirok etdi. Muloqot davomida Neyt Bensonga Soliq qoʻmitasida mavjud sunʼiy intellekt yechimlari haqida maʼlumot berdi.
Neyt Benson Soliq qoʻmitasi bilan kelgusida hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirdi.

