Soliq huquqbuzarliklari haqida 86 mingdan ortiq murojaat yo‘llangan
2026-10-23 16:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2026-yilning yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 86 152 ta murojaat kelib tushgan.

Shundan:
- 68 960 tasi xarid cheki bermaslik;
- 2 696 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
- 188 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
- 14 578 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.
Murojaatlarning 24 795 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli ko‘rib chiqilmagan.
Murojaatlar asosida 59 440 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,7% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 45 943 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 30,5 mlrd soʻm mukofot to‘langan.
