Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
2026-10-22 16:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2026-yilning 1-oktabr holatiga boshqarmaga jami 194 ta 768,1 mlrd soʻmlik soliq nizosiga oid shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ularning barchasini belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi taʼminlangan.
Shundan, 142 ta 599,3 mlrd soʻmlik shikoyat soliq auditi natijasi yuzasidan va 52 ta 168,8 mlrd soʻmlik shikoyat sayyor soliq tekshiruvi yuzasidan kelib tushgan.
Xususan, 10 ta 16,8 mlrd soʻmlik murojaatda (shundan, 8 tasi 15,7 mlrd soʻmlik qisman) soliq toʻlovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan.
Shuningdek, 166 ta 551,5 mlrd soʻmlik murojaat boʻyicha davlat soliq xizmati organlari qarorlari oʻz kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan hamda qolgan 18 ta 199,8 mlrd soʻmlik murojaatlar boʻyicha oʻrganish davom etmoqda.
