Kameral tekshiruvi soliq to'lovchilarning 4%da o'tkazilgan
2026-10-22 15:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2026-yil yanvar-sentabr oylarida 25,1 mingta soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Bu respublika boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining (623,3 mingta) 4 foizini tashkil etadi.

Ushbu tekshiruvlar natijasida 27,7 trln soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.
Asosan quyidagi soliq turlari bo‘yicha tafovutlar aniqlangan:
- QQS – 14,3 trln soʻm;
- foyda soligʻi – 10,4 trln soʻm;
- daromad solig‘i – 846,8 mlrd soʻm;
- aksiz solig‘i – 825,9 mrld soʻm.
Eng katta tafovut aniqlangan sohalar:
- umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish – 13,9 trln soʻm;
- qurilish – 4,9 trln soʻm;
- ishlab chiqarish – 4,8 trln soʻm;
- qishloq xo‘jaligi – 1,8 trln so‘m;
- transport – 1,4 trln soʻm.
