Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman!
2026-10-21 09:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar!
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman!
Bugun Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 37 yil toʻldi.
Bu maqom xalqimizning milliy o‘zligi va ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Shu bois, tilimizning nufuzi va qo‘llanish doirasi tobora kengayib, uning xalqaro maydondagi mavqei yanada yuksalib bormoqda.
Ona tilimizni asrash, uning sofligini ta’minlash, davlat tilida ish yuritish madaniyatini rivojlantirish va kelajak avlodga boy meros sifatida yetkazish har birimizning mas’uliyatimizdir.
Zero, tilga ehtirom — millatga ehtirom, ona tiliga sadoqat esa milliy o‘zlikka sadoqatdir.
Ushbu milliy bayram munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, farovonlik va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi O‘zbekistonimizning tinchligi abadiy, O‘zbek tilimizning umri boqiy bo‘lsin!
Farrux Pulatov,
Soliq qo‘mitasi Raisi
