O‘tkazilgan soliq auditi natijalari
2026-10-20 17:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2026-yilning yanvar-sentabr oyida davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqlarni toʻlamaslik xavfi yuqori boʻlgan 3 731 ta tadbirkorlik subyektida soliq auditi oʻtkazildi.

Bu ushbu davrda faoliyat koʻrsatgan jami soliq toʻlovchilarning (623,3 mingta) 0,6 foizini tashkil etadi.
- Aniqlangan soliq xavfi summasi – 19,9 trln soʻm;
- Soliq auditida aniqlangan summa – 14,6 trln soʻm.
Soliq auditida aniqlangan summa sohalar kesimida:
- savdo va umumiy ovqatlanish sohasida – 7,7 trln soʻm (52,6%);
- qurilish sohasida – 2,2 trln soʻm (15,3%);
- ishlab chiqarish sohasida – 1,4 mlrd soʻm (9,4%);
- xizmat koʻrsatish sohasida – 706,2 mlrd soʻm (4,8%);
- qishloq xoʻjaligi sohasida – 478,9 mlrd soʻm (3,3%);
- transport sohasida – 367,8 mlrd soʻm (2,5%);
- boshqa sohalarda – 1,8 trln soʻm (12,1%).
Oʻtkazilgan soliq auditlarida 1 940 ta soliq toʻlovchida 23,8 trln soʻm soliq bazasi yashirilgan:
- 767 ta subyektda 6,6 trln soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
- 663 ta subyektda 8 trln soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
- 510 ta subyektda 9,2 trln soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.
Bugungi kunda aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 6,8 trln soʻmning 1,7 trln soʻmi toʻlab berildi.
