O‘zbek tili – o‘zligimiz, milliy davlatchiligimiz timsoli!
2026-10-14 19:25:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliq qoʻmitasi xodimlari ishtirokida “Oʻzbek tili – milliy davlatchiligimiz timsoli” shiori ostida umummilliy diktant yozish tadbiri oʻtkazildi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.
Darhaqiqat, soliq organlarida rasmiy hujjatlar, murojaatlar va javoblarni imloviy jihatdan to‘g‘ri hamda tushunarli tarzda tayyorlash soliq to‘lovchilar bilan oʻzaro munosabatlarda ishonch va ochiqlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, ushbu maʼrifiy tadbir nafaqat xodimlarning savodxonlik darajasini sinovdan oʻtkazish, balki ona tilimiz nufuzi va mavqeyini, davlat xizmatchilarining oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish masʼuliyatini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritish koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.


