RASMIY MUNOSABAT
2026-10-05 11:45:00 / Qo'mita yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryo viloyatida soliq to‘lovchilarni pulini talon-toroj qilgan soliqchilar fosh etildi” mazmunidagi xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.
Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat bo‘limi tomonidan boshqarmaning 2026-yil 31-iyuldagi buyrug‘i bilan Qarshi shahar soliq inspeksiyasi mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, tekshiruv davomida inspeksiya xodimlari tomonidan 2023‑2026 yillar davomida 97 nafar fuqarolar tomonidan soliq to‘lovlari uchun to‘langan 122,6 mln so‘mlik mablag‘larni (soxta) to‘lov qog‘ozlari (kvitansiyalar) orqali olinib, soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga kirim qilinmaganligi, shuningdek o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Xizmat tekshiruvi dalolatnomasi va to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun viloyat soliq boshqarmasining 2026-yil 7-sentabrdagi 37‑119671‑sonli xati bilan Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga taqdim etilgan.
