Yoshlar qanday soliqlarni toʻlaydi?
2026-09-29 10:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Soliqqa tortish tartibi shaxsning yollanib ishlashi, tadbirkorlik (yakka tartibdagi tadbirkor) yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyati bilan shugʻullanishiga bogʻliq.
Mehnat shartnomasi asosida ishlaganda:
– ish haqidan 12 % jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi ushlab qolinadi,
– ijtimoiy soliq ish beruvchi tomonidan toʻlanadi.
Tadbirkorlik yoki oʻzini oʻzi band qilish faoliyati bilan shugʻullanganda soliqqa tortish tartibi faoliyat turi va daromad miqdoriga bogʻliq boʻladi.
Xususan:
- yillik daromad 12 000 BHMgacha boʻlganda – belgilangan tartibda aylanmadan olinadigan soliq qoʻllaniladi;
- yillik daromad 12 000 BHMdan oshganda – QQS va foyda soligʻini toʻlash tartibiga oʻtiladi.
Qonunchilikda yoshlar uchun belgilangan shartlarga rioya etilganda ayrim soliq imtiyozlari va qoʻllab-quvvatlash choralari nazarda tutilgan.
