Quyosh panellari o‘rnatgan fuqarolar joriy yilning avgust oyi uchun subsidiya summalarini olishi mumkin
2026-09-29 16:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Joriy yilning avgust oyida 61 548 nafar jismoniy shaxs "Quyoshli xonadon" dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 105 mlrd 400 mln so‘m (105 million 400 ming 899 kVt/soat) davlat budjetidan subsidiya oladi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:
Buxoro viloyati - 18,9 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati - 18,3 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 12,4 mlrd so‘m.
Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.
