Pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlar joriy etilmoqda
2026-10-01 15:45:00 / Qo'mita yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat pensiya taʼminotiga oid zamonaviy xizmatlarni joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-355-sonli Qarori qabul qilindi.
PQ-355, 28.09.2026-yil.
Mazkur qarorga asosan, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
- bir qator xizmatlar jumladan, ixtiyoriy ravishda ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni olish fuqarolarning xohishiga ko‘ra, Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ularning murojaatlariga asosan interaktiv shaklda ko‘rsatiladi;
- fuqarolik huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida faoliyatni amalga oshirgan shaxslar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliq toʻlaganda, ularga bir yil ish staji avtomatik hisoblanadi;
- rasmiy daromadga ega boʻlgan shaxslarga ishlamaydigan oila aʼzolari ish stajiga ega boʻlishi uchun har oyda ixtiyoriy ravishda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining (MHTEKM) 12 foizi miqdorida ijtimoiy soliq toʻlash huquqi beriladi.
