Soliq toʻlash adolatu diyonat, toʻlamaslik o‘z xalqiga xiyonat!
2026-09-17 14:50:00 / Qo'mita yangiliklari

Navoiy viloyati soliq boshqarmasida tuzilgan maxsus ishchi guruhi tomonidan Xatirchi tumanida soliq qarzini undirish bo'yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Soliq qarzi mavjud jismoniy va yuridik shaxslar bilan suhbatlarda soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaslikning iqtisodiy va huquqiy oqibatlari tushuntirilib, qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, tegishli organlar bilan olib borilgan amaliy ishlar natijasida tumandagi fermer xo‘jaliklari va jismoniy shaxslardan mavjud soliq qarzdorliklari hisobidan 500 mln so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi.
Bundan tashqari, tumanda faoliyat olib borayotgan qariyb 10 ta yuridik va jismoniy shaxslarning texnika vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Viloyatda soliq qarzini undirish hamda soliq to‘lovchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.



