Markirovkasiz tovarni sotish mumkinmi?
2026-09-14 16:35:00 / Qo'mita yangiliklari

Majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan tovarlarni markirovka kodisiz savdoga chiqarish va sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Raqamli markirovka kodi - tovarning ishlab chiqaruvchisi yoki import qiluvchisi, kelib chiqishi hamda qonuniy muomalaga kiritilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish imkonini beradi.
Shuningdek, tovarning ishlab chiqaruvchidan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan harakatini kuzatishga xizmat qiladi.
Tadbirkorlar diqqatiga!
Qonuniy savdo tovarni toʻgʻri qabul qilish jarayonidan boshlanadi. Shu sababli majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlarni qabul qilishda:
- tovarning qadoqda markirovka kodi mavjudligini tekshiring;
- kodning tovarga tegishli ekaniga ishonch hosil qiling;
- markirovka kodisiz tovarni savdoga chiqarmang;
- xaridorga markirovka kodsiz tovar sotmang.
Markirovka kodisiz tovar savdosi mahsulotning kelib chiqishi va qonuniyligini tekshirish imkoniyatini cheklaydi, noqonuniy hamda sifatsiz mahsulotlar tarqalishiga sharoit yaratadi.
Bu esa isteʼmolchilar manfaatlariga zarar yetkazib, qonun talablariga rioya qilayotgan tadbirkorlar uchun nosogʻlom raqobat muhitini keltirib chiqaradi.
Xaridorlar, siz ham befarq boʻlmang!
Mahsulot xarid qilishda uning narxi va tashqi koʻrinishi bilan birga, qadogʻida raqamli markirovka kodi mavjudligiga ham eʼtibor bering.
Markirovka kodini «Soliq» mobil ilovasida skanerlash orqali tovar haqidagi maʼlumotlarni tekshirish mumkin.
Agar majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovar markirovka kodsiz sotilayotganini koʻrsangiz, savdo nuqtasi va tovar nomini va boshqa zaruriy maʼlumotlarni koʻrsatib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yuboring.
