QQSni qaytarish bo‘yicha muhim yangilik
2026-09-12 12:30:00 / Qo'mita yangiliklari

Ma'lumki, avvalgi tartibga ko‘ra, to‘langan QQSning bir qismini qaytarishda tadbirkorlik subyektining barqarorlik reytingi inobatga olinar edi.
Ya’ni, qaytariladigan summa reyting darajasiga qarab belgilangan:
🟩 AAA – 100%
🟩 AA – 90%
🟩 A – 80%
🟦 BBB – 70%
🟦 BB – 60%
🟦 B – 50%
“B” dan past reytingga ega tadbirkorlarga esa to‘langan QQSning bir qismi qaytarilmas edi.
Yangi tartib: Prezidentning 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoni bilan soliq to‘lovchiga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish barqarorlik reytingi darajasidan qat’i nazar amalga oshirilishi belgilandi.
Endilikda, AAA, A, B yoki undan past reytingda bo‘lish qaytariladigan summaga ta’sir qilmaydi. Tegishli soha uchun belgilangan amaldagi qaytarish miqdori reytingga bog‘lanmasdan qo‘llanadi.
Mazkur tartib:
- umumiy ovqatlanish,
- turoperatorlik;
- mehmonxona,
- zargarlik,
- chorvachilik va parrandachilik,
- bolalar uchun kontent,
- tibbiy xizmatlar sohasidagi tegishli tadbirkorlarga taalluqli.
Shuningdek, 2026-yil 7-sentabrdan reytingi “B” dan past bo‘lgani sababli avval ariza taqdim etolmagan tadbirkorlarga ham qayta ariza berish imkoniyati yaratildi.
2026-yil mart–aprel oylari uchun arizalar istisno tariqasida 25-sentabrgacha qabul qilinadi.
