Yuksak mukofot muborak!
2026-08-25 15:15:00 / Qo'mita yangiliklari

#eʻtirof
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Davlatimizning yuksak mukofoti — «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan qatorida soliq organlari xodimlarining fidikorona xizmatlari ham munosib e'tirof etildi:
– Azamatova Feruza Shavkatovna – Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari sho‘basi davlat soliq bosh inspektori;
– Boʻriboyev Alisher Quvandiqovich – Jizzax viloyati Arnasoy tumani soliq inspeksiyasining mahallalarga biriktirilgan soliq inspektorlari shoʻbasi bosh inspektori.
Mukofot sohiblarining soliq tizimidagi samarali mehnati, o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashib, hududlar taraqqiyoti hamda aholi farovonligi yo‘lidagi sharafli ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
