Onlayn-NKT tanlash tadbirkorlarning o‘z ixtiyorida
2024-08-22 13:30:00 / Qo'mita yangiliklari
O‘zbekiston hududida faqat belgilangan tartibda Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Davlat reyestriga kiritilmagan, kassa cheklarida mahsulotlar yagona elektron milliy katalogi (https://tasnif.soliq.uz/) identifikatsiyalash kodlari aks ettirilmaydigan, shuningdek, shtrix-kodlar va raqamli markirovka belgilarini erkin o‘qish hamda aniqlash qurilmalarini ulash imkoniyatiga ega bo‘lmagan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Soliq qo'mitasining rasmiy saytida onlayn-NKM, virtual kassa va TXKMlarning doimiy yangilanib boriladigan reyestrlari bilan tanishishingiz mumkin.
Onlayn-NKM davlat reyestri
👉https://soliq.uz/page/davlat-reestri
Virtual kassa davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/virtual-kassa-reestri
Texnik xizmat ko‘rsatish markazlari davlat reyestri
👉 https://soliq.uz/page/txkm-reestri
Tadbirkorlik subyektlari Davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM yoki virtual kassalarning narxi, qulayligi, funksionalligi va boshqa jihatlaridan kelib chiqqan holda erkin tanlash huquqiga ega.
