Men qoʻshilgan qiymat soligʻi to‘lovchisiman...
2026-06-23 17:40:00 / Qo'mita yangiliklari

I. Men QQS toʻlovchisiman aylanmam bugungi kunda 2 mlrd atrofida. Qachondan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtsam boʻladi?
Javob:
2026-yil 1-iyundan boshlab soliq solishning umumbelgilangan tartibiga oʻtish uchun belgilangan chegaraviy miqdor BHMning 12 ming baravari etib belgilandi. Agar sizning aylanmangiz ushbu soliq davrida mazkur koʻrsatkichga yetmasa navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar 10 kundan kechiktirmay soliq organini xabardor qilib keyingi yildan aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtishingiz mumkin boʻladi.
_________
II. Yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanaman, QQS toʻlovchiman. Shu faoliyat boʻyicha soddalashtirilgan 6 foizlik QQSga oʻtsam boʻladimi?
Javob:
Asosiy faoliyat turi umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish sohasi boʻlgan subyektlar QQSning soddalashtirilgan tartibigi oʻtishi mumkin, shu jumladan yetkazib berish faoliyati bilan shugʻullanuvchilar ham.
Buning uchun iyun oyida soliq organiga xabarnoma bergan holda, 1-iyuldan boshlab ushbu imkoniyatdan foydalanish mumkin.
__________
III. Men tekstil mahsulotlari eksporti bilan shugʻullanaman. Agar soddalashtirilgan QQSga oʻtsam eksport uchun nol stavkani qoʻllash huquqim saqlanib qoladimi?
Javob:
QQSni soddalashtirilgan tartibiga oʻtilganda barcha aylanmalarga nisbatan QQS stavkasi 6 foiz etib belgilanadi. Yaʼni agar siz eksport bilan shugʻullanib soddalashtirilgan tartibga oʻtsangiz, eksport uchun ham 6 foiz QQS toʻlashingiz kerak boʻladi.
