Soliq islohotlari negizida tadbirkorlar uchun yengilliklar mujassam
2026-06-09 11:05:00 / Qo'mita yangiliklari
Soliq qo'mitasi rahbariyati tomonidan Andijon viloyatida kichik va o'rta biznes subyektlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda soliq sohasidagi yengilliklar hamda amaliyotga joriy etilayotgan qulayliklar, tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, 2026-yil 1-iyundan boshlab:
✔️ kichik biznes uchun umumiy soliq rejimiga oʻtish chegarasi 1 mlrd soʻmdan qariyb 5 mlrd soʻmga oshirilishi;
✔️ import qiluvchi kichik biznes subyektlarini majburiy tartibda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatga olish amaliyoti bekor qilinishi;
✔️ umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat koʻrsatish sohalari uchun QQSning soddalashtirilgan 6 foizlik tartibi joriy etilishi, shuningdek, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha yengilliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.






