Aylanmadan olinadigan soliq raqamlarda
2026-06-07 17:05:00 / Qo'mita yangiliklari

O’zbekistonda AOS stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq to‘lovchilar – 4%;
- Chakana savdo sohasidagi soliq to‘lovchilar,
joylashgan joyiga qarab:
▫️aholisi soni yuz ming nafar va undan ko‘p kishidan iborat shaharlarda – 4%
▫️boshqa aholi punktlarida – 2%
▫️borish qiyin bo‘lgan va tog‘li tumanlarda – 1%
joylashgan joyidan qat’i nazar:
▫️ tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi bo‘yicha – 4%
- Yagona ishtirokchisi nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg‘armasi va «O‘zbekiston Chernobilchilari» assotsiatsiyasi bo‘lgan, umumiy sonida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941-1945 yillardagi mehnat fronti veteranlari 50%dan kam bo‘lmagan va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va 1941-1945 yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq to‘lash fondi umumiy mehnatga haq to‘lash fondining 50%idan kam bo‘lmagan soliq to‘lovchilar – 0%
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun – 1%
2026-yil I choragida respublika bo‘yicha budjetga soliq tushumlaridan AOS – 0,6 trln so‘m (📈 12%) ta’minlandi;
AOS hisoboti har oy keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay proaktiv tartibda taqdim etiladi.
AOS hisobotiga o‘zgartirish kiritish mumkinmi?
