QQSning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish bo‘yicha qo‘llanma
2026-06-02 16:20:00 / Qo'mita yangiliklari

my3.soliq.uz soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida:
- “Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish” xizmati tanlanadi;
- “Soddalashtirilgan QQS rejimiga o‘tish” oynasiga o‘tiladi;
- “Xabarnoma yuborish” tugmasi bosiladi.
Xabarnoma shaklida:
- tadbirkorlik subyektining STIRi,
- korxona nomi,
- soddalashtirilgan QQS rejimiga o‘tish sanasi,
- IFUT kodi hamda faoliyat turi avtomatik tarzda shakllanadi.
Soliq to‘lovchi tomonidan faqat faoliyat turidan umumiy ovqatlanish, savdo yoki xizmat koʻrsatish tanlanadi hamda xabarnomani yuborish tugmasi bosiladi.
Shunda, xabarnoma yuborilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan (iyun oyida yuborilgan xabarnomalarga asosan 2026-yil 1-iyuldan) qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtiladi.
