1-iyun – daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni
2026-06-01 09:10:00 / Qo'mita yangiliklari

1-iyun – jismoniy shaxslar tomonidan 2025-yil uchun taqdim etgan jami yillik daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida hisoblangan daromad soligʻini toʻlashning oxirgi kuni.
Soliq kodeksi 398-moddasi
Soliq mobil ilovasi orqali;
Payme, Click, Upay to‘lov tizimlari orqali;
Tijorat banklari mobil ilovalari va kassalari orqali to‘lash mumkin.
To'lov tizimlari va boshqa mobil ilovalarda:
- Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosidagi daromad solig‘i to‘lov kodi – 172;
- jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad solig‘i to‘lov kodi – 182.
Eslatma: har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning toʻlanmagan summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Soliq kodeksi 110-moddasi
