Naqd pulsiz to‘lov uchun MXIK ro‘yxati
2026-04-03 18:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Naqd pulsiz to‘lov uchun MXIK ro‘yxati
2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan ayrim mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlari (MXIK) ro‘yxati shakllantirilgan. Ushbu ro‘yxat bo‘yicha naqd ko'rinishida to'lovlar uchun chek rasmiylashtirish mumkin emas.
Ro‘yxat
Mazkur ro‘yxat onlayn nazorat-kassa texnikasiga (onlayn-NKT) xizmat ko‘rsatish markazlariga yuborilgan.
Onlayn-NKTga tegishli cheklovlar allaqachon o‘rnatilgan: agar ushbu pozitsiyalar bo‘yicha naqd to‘lov amalga oshirilsa, tizim chekni rasmiylashtirishga ruxsat bermaydi.
Agar bitta chekda turli to‘lov shakliga ega tovarlar bo‘lsa nima qilish kerak?
Bunday holatda ikkita alohida chek rasmiylashtirish tavsiya etiladi:
- birinchi – majburiy naqd pulsiz to‘lov talab qilinadigan tovar va xizmatlar uchun;
- ikkinchisi – naqd yoki naqd pulsiz to‘lov amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan boshqa tovarlar uchun.
Chek rasmiylashtirishda xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun bunday pozitsiyalarni oldindan ajratib olishingiz so'raladi.
