Qurilish korxonalari 8,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagan
2026-03-10 15:00:00 / Qo'mita yangiliklari
2025-yilda qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 31 834 ta yuridik shaxs tomonidan 8,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan, 1,3 trln so‘mdan ortiq, ya’ni 16,2%i 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 25,1 trln so‘mdan ziyod, qo‘llanilgan soliq imtiyozlari miqdori esa 814,2 mlrd so‘m.
Eng ko‘p soliq to‘lagan 20 ta korxona tomonidan qo‘llanilgan soliq imtiyozlari hamda to‘langan soliqlar batafsil infografikada.
Ushbu soliq to'lovchilar tomonidan to‘langan tushumlar soliq turlari kesimida:
- QQS - 603,9 mlrd so‘m;
- JShODS - 269,7 mlrd so‘m;
- ijtimoiy soliq - 255,1 mlrd so‘m;
- foyda solig'i - 216,2 mlrd so‘m;
- boshqa soliqlar - 37,9 mlrd so‘m.
Umumbelgilangan soliqlar ma'muriyatchiligi departamenti
