Ayrim soha vakillari uchun soliq stavkalari 1% etib belgilandi
2026-02-10 09:05:00 / Qo'mita yangiliklari

Ayrim soha vakillari uchun soliq stavkalari 1% etib belgilandi
2026-yil 1-yanvardan bir qator sohalar uchun sezilarli yengillik va imtiyozlar joriy etildi. Ushbu o‘zgarishlar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda xarajatlarni kamaytirishga qaratilgan.
Zamonaviy qadoqdagi meva-sabzavot mahsulotlarini sotuvga chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun: Foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari 1 %ni tashkil etadi.
Quvvatlash (zaryadlash) stansiyalari: Foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliqdan to‘liq ozod etiladi. Mulk va yer solig‘i esa 1 % miqdorida undiriladi.
Issiqxonalar uchun: Ijtimoiy soliq 1 % etib belgilandi.
Sanoat korxonalarida xodimlarni tashish va ovqatlantirish xarajatlari: Bir xodim uchun 412 ming so‘mgacha bo‘lgan qismi ijtimoiy soliq bazasidan chegirib tashlanadi.
Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati
