“Taksi” dagi shaffoflik 9,6 trln so‘mlik aylanmani ko‘rsatdi
2026-02-06 12:00:00 / Infografika

“Taksi” dagi shaffoflik 9,6 trln so‘mlik aylanmani ko‘rsatdi
2025-yil yakunlariga ko'ra, 224 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
Jami 479 mln marta yo'lovchi tashish amalga oshirilgan.
Yo‘lovchi tashish aylanmasi 9,6 trln so'mdan oshdi. Shundan:
- 6,7 trln so'm yoki 70,2% – naqd to'lovlar;
- 2,8 trln so'm yoki 29,8% – naqdsiz to‘lovlar.
O'rtacha bitta chek 20 082,5 so'mni tashkil etgan.
Agregatorlar orqali yo'lovchi tashish bilan 574,6 ming o'zini o'zi band qilgan haydovchilar shug'ullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan ko'pi (59,1%) 30-50 yoshda – 339 681 kishi, 30 yoshgacha – 189 547 kishi (33%), 50 yoshdan kattalar – 45 398 kishi (7,9%).
Agregatorlar orqali 4 726 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.
O'tgan yil davomida taksi xizmatini ko'rsatgan 15,5 mingga yaqin haydovchi 100 mln so'mdan ortiq daromad olgan;
50-100 mln so'm – 36,9 ming haydovchi;
10-50 mln so'm – 143,8 ming haydovchi;
5-10 mln so'm – 71,8 ming haydovchi;
1-5 mln so'm – 146,7 ming haydovchi;
1 mln so'mgacha – 159,7 ming haydovchi.
Eng ko‘p foydalanilayotgan avtomobillar:
Cobalt – 23,7%;
Nexia – 20,7%;
Lacetti – 16,9%.
Elektromobillar esa 1,9%ini tashkil etadi.
Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):
1-3 yil – 16,5%;
3-5 yil – 41,3%;
5-10 yil – 11,3%;
10 yildan ortiq – 26,5%.
Agregatorlar 2025-yilda 128,2 mlrd so‘m soliq shundan, QQS 63,6 mlrd so‘m to‘ladi.
Tarmoqlar faoliyati va iste’mol bozorini tahlil qilish boshqarmаsi
