Yoshlar uchun katta imkoniyat: “Soliq bilimlari – yosh avlodga” tanlovi boshlandi!
2026-01-26 18:00:00 / E’lonlar va tenderlar

Yoshlar uchun katta imkoniyat: “Soliq bilimlari – yosh avlodga” tanlovi boshlandi!
Bilimli, faol va Yangi O‘zbekistonning yorqin kelajagiga befarq bo‘lmagan yoshlar uchun yana bir muhim tashabbus!
Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” ko‘rik-tanlovi boshlandi.
Bu shunchaki bellashuv emas.
Bu yoshlarda iqtisodiy savodxonlikni oshirish, bolalikdan soliq madaniyatini shakllantirish va eng muhimi, jamiyat taraqqiyotida soliqlarning o‘rni va ahamiyatini anglash yo‘lidagi intellektual tanlovdir.
Eng faol va bilimdon ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanadi.
Tanlov avval sinov tariqasida Uchtepa tumanida o‘tkazilib, o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsatdi.
Agar siz shu aziz Vatanning kelajagiga befarq bo‘lmasangiz, bilim va ijodingiz bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz bu tanlov aynan siz uchun!
Tanlov Nizomi bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
