O‘zini o‘zi band qilganlar uchun eslatma
2025-12-28 15:30:00 / Qo'mita yangiliklari

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda har yili 31-dekabrga qadar BHMning 1 barobari miqdorida (412 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
Soliq kodeksi 408-modda 2-qism
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 1-yanvardan:
- oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari, yaʼni ishlar va xizmatlar roʻyxati qisqartiriladi;
PF-50-son,19.03.2025-y.
- Yillik aylanmasi 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 % miqdorida belgilanadi.
PQ-247-son, 12.08.2025-yil.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi
