Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun muhim eslatma!
2025-12-19 17:10:00 / Qo'mita yangiliklari

Avval xabar berganizmidek 2026-yil 1-yanvardan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari, yaʼni ishlar va xizmatlar roʻyxati qisqartiriladi.
Amaldagi 112 ta faoliyat turi 72 taga qisqartirilmoqda. Oʻzgarishlarning asosiy qismi YTT faoliyatiga xos boʻlgan 40 ta yoʻnalishga toʻgʻri keladi. Jumladan, dehqon bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotish, repetitorlik, tikuvchilik, sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari, xonalarni tozalash, mebel yigʻish, avtomobillarni taʼmirlash kabi faoliyat turlari shular jumlasidandir.
Faoliyat turlari roʻyxati:
- o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun
- YTTlar uchun
Mazkur oʻzgarishlar munosabati bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat turini ruxsat etilgan faoliyat turiga o‘zgartirishlari yoki zarurat boʻlganda YTT sifatida roʻyxatdan oʻtishlari tavsiya etiladi.
