Soliqlar va boshqa to‘lovlarni bitta ilovada qulay to‘lash
2025-11-26 09:00:00 / Qo'mita yangiliklari

“Soliq” mobil ilovasining yangi (2.0.23) versiyasida – yanada ko‘proq qulayliklar:
- jismoniy shaxslar uchun “To‘lovlar” bo‘limiga “Rekvizit bo‘yicha to‘lov” xizmati qo‘shildi.
- yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun "Soliq biznes" boʻlimidagi "Qarzdorlik" xizmati orqali soliqlar boʻyicha mavjud qarzdorliklarni qoplash imkoniyati yaratildi.
Mazkur xizmatdan ixtiyoriy tugatish jarayonidagi yoki faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbari (direktor) hamda hisobchilari (buxgalter) foydalana oladi. Ular shaxsiy bank kartalarini biriktirib, soliq qarzdorliklarini to‘lashlari mumkin.
Ogohlantiramiz: ilovani noma’lum manbalardan yuklab olmang.
