QIZAMIQDA QANDAY LABORATORIYA TEKSHIRUVLARI O‘TKAZILADI?
2025-10-24 17:10:00 / Yangiliklar

Qizamiqda quyidagi laboratoriya tekshiruvlari o‘tkaziladi:
• virusning genetik materialini aniqlash uchun PZR testlari;
• IFA usuli orqali qon zardobida IgM sinfining o‘ziga xos antitanachalarini aniqlash (toshma boshlanganidan 5 kundan oldin emas);
• qon va siydikning umumiy tahlili.
PZR tekshiruv:
Maqsad: infeksiya faktini tasdiqlash uchun biomaterialdagi qizamiq virusi RNK ni aniqlash.
Immunoferment analiz:
IgM (immunoglobulin M) – Ushbu turdagi antitanachalarni aniqlash infeksiyaning o‘tkir bosqichini ko‘rsatadi.
IgG (immunoglobulin G) – Ushbu antitanachalarning mavjudligi avvalgi infeksiyani yoki emlashdan keyin immunitet mavjudligini ko‘rsatadi.
Umumiy qon va siydik tahlili:
Umumiy qon tekshiruvi: yuqumli jarayonga xos bo‘lgan qon tarkibidagi o‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi.
Umumiy siydik tahlili: mumkin bo‘lgan buyrak shikastlanishini o‘z vaqtida tashxislash uchun amalga oshiriladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
