130 TONNADAN ORTIQ OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI BRAKOVKA QILINDI
2025-09-26 17:40:00 / Yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan dehqon bozorlarida sanitariya holatini talab darajasiga keltirish, ovqatdan zaharlanishlar va sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni hamda aholini xavfsizligi kafolatlangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni amalga oshirish maqsadida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
- respublikadagi 300 ta dehqon bozorlarida
- ichki ishlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyasi, veterinariya xizmati va bozor ma’muriyati bilan hamkorlikda doimiy nazorat o‘rnatilishi yo‘lga qo‘yildi;
- hamkorlikda tashkil etilgan o‘rganishlar davomida sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatgichlari me’yor talablariga javob bermaydigan 130574,87 kg oziq-ovqat mahsulotlari va uy sharoitida tayyorlangan taomlar savdosi taqiqlanib, o‘rnatilgan tartibda brakovka qilindi;
- go‘sht, sut, qandolat, salat va non maxsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 514 nafar fuqarolarga ma’muriy bayonnoma tuzilib, o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortildi.
Shu bilan birga, dehqon bozorlarida quyidagi muammolar mavjud:
- 111 ta dehqon bozorida go‘sht sotish uchun, 158 ta dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlarini sotish uchun mahsus jixozlangan pavilonlar tashkil etilmagan;
- 27 ta dehqon bozorida veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari tashkil etilmagan;
- 8 ta dehqon bozorlarida jamoat xojatxonalari, 17 ta dehqon bozorida chiqindilarni vaqtincha yig‘ish uchun maxsus chiqindixonalar tashkil etilmagan;
- 80 ta dehqon bozorida suv ta’minoti kiritilmagan, 142 ta dehqon bozorida oqova suvlarni yig‘ish va zararsizlantirish ishlari tashkil etilmagan;
- 77 ta dehqon bozorlarida dezinfeksiya, dezartizatsiya va dezinseksiya tadbirlarini o‘tkazish uchun vakolatli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmagan.
Respublikadagi dehqon bozorlarining sanitariya holatini talab darajasiga keltirish borasida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
