6 TONNADAN ORTIQ YODLANMAGAN OSH TUZI QAYTA YODLASHGA JO‘NATILDI
2025-09-26 17:10:00 / Yangiliklar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga asosan bugungi kunda yer yuzi aholisining 2,0 milliardi yod tanqis hududlarda istiqomat qilmoqda. 655,0 million aholi endemik buqoq kasaligiga chalingan. Yod tanqisligi sababli 43,0 mln. aholida bosh miya faoliyatining buzilshi va aqlan zaiflik holati kuzatilmoqda. Uzoq yillar dvomida yod yetishmasligi holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilishiga qaramay jahonning ko‘p davlatlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi aholisi o‘rtasida ham yod yetishmasligi muammolari mavjud.
Yod tanqisligining oldini olish uchun ko‘plab mamlakatlar tuzni yodlash dasturlarini amalga oshirmoqda. Bir tonna osh tuziga 20 - 40 g kaliy yodat qo‘shiladi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan joriy yilning 8 oyi mobaynida respublika hududlarida osh tuzi ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va undan foydalanuvchi korxonalarda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlar ijrosi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshirildi.
Tekshiruvlar davomida quyidagi ko‘rsatkichlarga aniqlandi:
Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlaridagi sanitariya-gigiyena laboratoriyalarida yil boshidan buyon jami 4411 ta osh tuzi namunalari tekshirildi, shundan 1306 tasi talabga javob bermadi. Ushbu namunalarning 19 tasi ishlab chiqarish korxonalariga, 182 tasi savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan hamda 1105 tasi Maktabgacha ta‘lim tashkiloti, maktablar va DPMlarga to‘g‘ri keladi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan quyidagi tegishli choralar ko‘rildi:
Sifati talabga javob bermaydigan 6042,5 kg osh tuzi realizatsiya qilishdan to‘xtatilib, osh tuzini ishlab chiqaruvchi korxonalarga qayta yodlashga jo‘natildi.
1 ta korxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi;
Jami 31ta ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
