MATBUOT ANJUMANI
2025-07-28 17:30:00 / Yangiliklar

Anjumanda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, JSST, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddi vakillari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari xodimlari, gepatologlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
JSST ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyoda 325 millionga yaqin odam gepatit B virusi va kamida 200 million kishi gepatit C virusi bilan kasallanmoqda. 2020 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, har yili 500-700 ming kishi gepatit B infeksiyasi, 350 mingdan ortiq bemor gepatit C asoratlari tufayli vafot yetadi. Butunjahon gepatit alyansining 2021 yil iyul oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, gepatit B va C virusi sababli har yili 1,4 million odam vafot etadi. Bu esa OIV/OITS va bezgakdan ko‘proq deganidir.
Bugun yurtimizda ushbu xavfli kasallikni o‘z vaqtida profilaktika va diagnostika qilish, ularni davolash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi” qarori bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qildi.
Mazkur qarorda virusli gepatitlarning “В” va “С” turlarini erta aniqlash uchun respublikaning barcha hududlarida skrining tekshiruvlarini o‘tkazish va kasallikni davolash qamrovini oshirish borasida bir qator muhim vazifalar belgilangan. Shundan kelib chiqqan holda yurtimizdagi 65 dan ziyod oilaviy va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda ushbu kasallikni aniqlash uchun bepul skrining tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-243-son qarori ijrosini ta’minlash, respublikada virusli gepatit V va S turlarini barvaqt aniqlash maqsadida 2023 yildan boshlab aholining 1 mln 924,9 ming nafarini ushbu infeksiyalariga skriningdan o‘tkazilishi belgilangan.
2025 yil 30 iyun holatiga respublikada aholining 1 595 589 nafari (82,9 foizi) virusli gepatit “V” turiga skriningdan o‘tkazilgan. Virusli gepatit “С” turiga 1 595 760 nafar (82,9 foizi) shahslar skriningdan o‘tkazilgan.
Respublikada virusli gepatit “В” turiga skriningdan o‘tkazilgan aholining 43 679 nafarida (2,7 foizida) musbat natija aniqlangan.
Skriningdan o‘tkazilgan aholining 52 834 nafarida (3,3 foizida) virusli gepatit “С” turiga musbat natija aniqlangan.
Respublikada virusli gepatit “В” turiga skriningdan o‘tgandan so‘ng musbat natija aniqlangan shahslarning 10 386 nafari (23,8 foizi) miqdoriy HBsAgga tasdiqlovchi tekshiruvidan o‘tkazilgan.
Respublikada skrining natijalariga ko‘ra virusli gepatit “С” turiga musbat aniqlangan shahslarning 31 464 nafari (59,6 foizi) tasdiqlovchi PZR tekshiruvidan o‘tkazilgan.
2025 yil 30 iyun holatiga skrining natijalariga ko‘ra virusli gepatit “B” turi hamda PZR tekshiruvlari natijalariga ko‘ra virusli gepatit “С” turi aniqlangan shahslarning 15 332 nafari (23,4 foizi) AFPga tekshirilgan.
Skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning С turi tasdiqlangan nafar bemorlarni davolash o‘tkazish maqsadida virusga qarshi dori vositalarining Sofosbuvir va Daklatosvir dori vositalari tarqatildi.
2023-2024-2025 yil yanvar holatiga Respublikada PZR tekshiruvi natijalariga ko‘ra virusli gepatit “С” turiga musbat aniqlangan shahslarni davolash maqsadida 97 765 ta qadoqdan Sofosbuvir va Daklatasvir virusga qarshi dori vositalari hududlarga taqsimlangan bo‘lib 20 120 ta bemorlarga tarqatilgan.
Misr Arab Respublikasi tomoni bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida beg‘araz yordam sifatida 800 ming qadoq Daklotasvir va Sofosbuvir dori vositalari (umumiy qiymati 4,8 mln. AQSH dollari) bir necha qismlarga bo‘lib yuborilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda Misr Arab Respublikasi tomnidan beg‘araz yordam sifatida yuborilgan gepatit Сga qarshi 60 000 qadoq Daklatasvir va 7 000 qadoq Sofosbuvir dori vositalari Respublikamizda skrining tekshiruvida virusli gepatit С turi aniqlangan bemorlarga bepul tarqatilmokda. Gepatit Сga qarshi dorilarga 4 yil uchun Davlat tomonidan 47 mlrd. so‘m ajratiladi.
— kasallik yuqishi xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarni, shu jumladan, qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi jami 119 013 ming nafar tibbiyot xodimlarini gepatit “В” infeksiyasiga qarshi emlandi va emlanganlar to‘g‘risida ma’lumotlar shakllantirildi;
— sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida virusli infeksiyalarni aniqlash uchun sarflov materiallari (reagent va test-to‘plamlari) bilan bosqichma-bosqich to‘liq ta’minlandi;
— barcha davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi hamda nodavlat tibbiyot tashkilotlarida jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini yaratildi;
— vaksinalar, test to‘plamlari va virusga qarshi dori vositalarining xavfsizligi, sifati va samaradorligi nazoratini takomillashtirildi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
