GEPATITNING QAYSI TURLARI ENG XAVFLI HISOBLANADI?
2025-07-24 16:45:00 / Yangiliklar

Xo‘sh, “Gepatit nima? U qanday yuqadi? Uni qanday barvaqt aniqlash va davolash mumkin?”, “Hozirgikunda dunyo miqyosida gepatitdan zararlanganlar va u bilan bog‘liq o‘lim holatlari qay darajada?” mana shu va boshqa muhim savollarga javob olish maqsadida Sanepidqo‘mitaraisi o‘rinbosari Botirjon Kurbanov bilan suhbatlashdik.
– Suhbatimizni jigar organining ahamiyatidan boshlasak. Nega aynan gepatitga qarshi kurashga bu qadar katta e’tibor qaratiladi?
– Jigar inson organizmida 500 danortiq hayotiy funksiyalarini bajaradi: qonni filtrlash, moddalar almashinuvini boshqarish, zaharli moddalarni chiqarish va hokazo. Gepatit — bu jigarningyallig‘lanishidir. U viruslar, giyohvand moddalar, toksinlar, alkogol yoki ayrim dori vositalari sababli kelib chiqishi mumkin. Virusli gepatitning A, B, C, D va E turlari mavjud.
– Shular ichida qaysi turlari eng xavfli hisoblanadi?
– Gepatitning B va C turlari surunkali jigar kasalliklariga olib keladi,shuningdek, jigar sirrozi, jigar funksiyasining yo‘qotilishi, jigar saratoni, jigar yetishmovchiligi va gepatit bilan bog‘liq o‘limning bir necha turlariga sabab bo‘ladi.
– Jahondagi epidemiologik holat haqida nima deysiz?
– 2022 yilda gepatit B va C turi 1,3 million kishining o‘limiga sababbo‘lgan. Har kuni taxminan 6000 kishi virusli gepatitni yuqtiradi va har 30 soniyada dunyoda bir kishi gepatitdan vafot etadi. Shuningdek, 304 million kishisurunkali virusli gepatit infeksiyasi bilan yashamoqda.
– Qay darajada tashhis va davolash ishlari olib borilmoqda?
– Bugungi kunda dunyo bo‘yicha gepatit B bilan kasallangan 220 millionkishiga va gepatit C bilan kasallangan 36 millionga yaqin insonga umuman tashhis qo‘yilmagan. Aksariyathollarda insonlarda alomatlar faqat kasallikning kechki bosqichlarida paydo bo‘ladi. Tashhis qo‘yilganlar ichida ham davolanish ko‘lami past: 7 million kishi gepatit B dan, 12,5 million kishi esa gepatit C dan davolanadi.
– Ko‘plab gepatit kasalliklarini va ushbu kasallikdan o‘limning oldini olish mumkinmi?
– Gepatitni bartaraf etish va JSSTning bu yo‘nalishdagi 2030 yilga qadarulkan maqsadlariga erishish uchun virusli gepatitni davolashning soddalashtirilgan xizmatlari uchun quyidagilar ta’minlanishi kerak:
· surunkali gepatit B bilan yashayotgan barcha homilador ayollar davolanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak va ularning chaqaloqlari infeksiyaning oldini olish uchun tug‘ilganda gepatit B ga qarshi vaksinalardan foydalana olishlarikerak;
· gepatit B va gepatit C bilan yashayotgan odamlarning 90 foiziga tashhis qo‘yilishi kerak;
· tashxis qo‘yilgan odamlarning 80 foizi gepatit C dan shifo topishi yoki gepatit B ni davolash dasturida ishtirok etishning yangi kengaytirilgan mezonlariga muvofiq davolanishi kerak.
Ammo JSSTda surunkali virusli gepatitni tashxislash, davolash va uning oldini olish bo‘yicha aniq tavsiyalar va yo‘riqnomalar mavjud bo‘lsada, dunyo bo‘ylab juda ko‘p hollarda aholi bu xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega emas va ular ba’zan faqat markazlashtirilgan yoki ixtisoslashtirilgan shifoxonalarda mavjud.
– Aholiga tavsiyalaringiz?
– Gepatitni erta aniqlash, oldini olish va davolash – barchamizga taalluqli. Har kim o‘zini tekshirtirishi vabolalarini vaqtida emlatishi kerak. Gepatitni yengish mumkin — lekin bu faqat birgalikda amalga oshiriladi.
O‘z sog‘ligingizga befarq bo‘lmang!
Sanepidqo‘mita Axborot xizmati
