JSST SANEPIDQO‘MITANING LABORATORIYALARIGA ZAMONAVIY KALIBRLASH USKUNALARINI TOPSHIRDI
2025-06-11 17:00:00 / Yangiliklar

Ushbu jihozlarni JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakilasi Ashina Xalakdina topshirdi.
“Ushbu uskunalar O‘zbekiston milliy mutaxassislariga bioxavfsiz shkaflarini mustaqil ravishda sertifikatlash va texnik xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Bu esa laboratoriya xodimlarining xavfsizligini va tashxis xizmatlarining ishonchliligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega” – dedi Ashina Xalakdina.
Uskunalarni qo‘mita nomidan qabul qilib olgan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ushbu usukunalar nafaqat soha rivojlanishiga, balki mamlakatda sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu jihozlar:
• laboratoriya xodimlarini yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilaridan himoya qilish;
• atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish;
• aniq laboratoriya tashxisini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida shuni aytish lozimki joriy yilning 30 iyunidan - 4 iyuligacha JSST tomonidan sertifikatlash bo‘yicha milliy mutaxassislar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etiladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
