OLIY VA BIRINCHI NAVLI BOYITILGAN BUG‘DOY UNINING SIFATI HAMDA XAVFSIZLIGI BO‘YICHA DAVLAT NAZORATINI VA LABORATORIYA MONITORINGINI JORIY ETISH
2025-06-03 17:00:00 / Yangiliklar

Seminarda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi, qo‘mitaning Toshkent shahar, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari mutaxassislari hamda shu hududlarda faoliyat yuritayotgan bug‘doy uni ishlab chiqaruvchi korxonalar mutaxassislari ishtirok etdi.
Respublika aholisi salomatligini muhofaza qilish borasida olib borilayotgan tadbirlarni samaradorligini o‘rganish maqsadida xalqaro tashkilotlar, Jahon banki va BMTning bolalar jamg‘armasi YUNISEF tomonidan 2017 yilda aholi o‘rtasida epidemiologik izlanishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan izlanishlar natijalariga ko‘ra reproduktiv ya’ni, fertil yoshidagi ayollar o‘rtasida temir moddasi tanqisligi anemiyasi bilan kasallanish darajasi (1998 yil 60 foizdan) 2017 yil 32 foizga, shu jumladan aholi o‘rtasida yod yetishmasligi holatlari 1998 yil 70 foizdan) 2017 yil 42,3 foizga kamayishiga erishilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 noyabrdagi “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4887-son qaroridan kelib chiqib 2021 yilning 1 aprelidan ishlab chiqarilayotgan va olib kirilayotgan Oliy va birinchi navli bug‘doy uni vitamin-mineral aralashmasi bilan to‘liq boyitilish bo‘yicha yangi me’yoriy xujjat ishlab chiqildi. (O’zDst 1104-2021).
Qonunda belgilangan chora-tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan Hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash va yuqorida keltirilgan dalillarni inobatga olgan holda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
- aholi o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarni jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini tavsiyalari (JSST) darajasida tashkillashtirish va aholini profilaktik mahsulotlar bilan ta’minlanish salmog‘ini 85-90 % yetkazish bo‘ycha chora tadbirlar belgilash;
- ijtimoiy dolzarb masalalarni yechimini hal etish borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonun va qarorlari talablarini ijrosini izchil ta’minlash maqsadida davlat nazorat organlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib amaliyotga joriy etish;
- korxonalarda ishlab chiqarilayotgan yodlangan osh tuzi va vitamin minerallar bilan boyitilga bug‘doy uni ishlab chiqarish jarayonlarida qanchalik belgilangan me’yor talablariga rioya etilishi ustidan laboratoriya nazoratiga alohida e’tibor qaratish;
- amaldagi qonun talablarii asosida aholi iste’moli uchun ishlab chiqarilayotgan boyitilgan mahsulotlarning sifati va havfsizligini ta’minlashda ularning xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda davlat nazoratini joriy etilishi zarur.
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonun va Qaror talablarini ijrosini ta’minlashda yuqorida belgilangan tadbirlarni joriy etilishi aholi sog‘lig‘ini mustahkamlash, bolalar va fertil yoshidagi ayollar o‘rtasida yod yetishmasligi va temir tanqisligi kamqonlik darajasini yanada pasayishi qolaversa aholi orasida o‘lim darajasini kamayishiga erishiladi.
Pirovard natijada aqlan va jismonan yetuk barkamol yosh avlodni yetishib chiqishiga mustahkam zamin yaratiladi. Shu bilan birga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini saqlashda xizmat qiladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
