MEMORANDUM IMZOLANDI
2025-05-16 14:00:00 / Yangiliklar
Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida:
Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportini kengaytirish.
Laboratoriyalar oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizlik va sifat bo‘yicha xalqaro talablarga muvofiq sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan zamonaviy uskuna va materiallar bilan jihozlash.
Laboratoriyalarni xalqaro akkreditatsiyalash.
Sinov protokollarini ishlab chiqish.
Eksport qiluvchilar uchun qo‘llanmalar ishlab chiqish.
Qo‘mita xodimlarining malakasini oshirish.
Standartlarni uyg‘unlashtirish kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Sanepidqo`mita Axborot xizmati
