TADBIRKORLAR UCHUN YANGI ELEKTRON MULOQOT PLATFORMA ISHGA TUSHDI
2025-05-13 14:30:00 / Yangiliklar

Hurmatli tadbirkorlar!
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalidagi Sanepidqo‘mning rasmiy veb-saytida va Sanitariya va gigiyena sohasidagi tadbirkorlik subyektlari rioya etishi shart bo‘lgan majburiy talablar haqida to‘liq va batafsil ma’lumot olish hamda aholi va tadbirkorlar tomonidan taklif va e’tirozlarini bildirish imkoni beruvchi sahifasi va savol-javob chati, https://muloqot.sanepid.uz/ elektron platforma yo‘lga qo‘yildi.
Bu esa tadbirkorlik faoliyatiga oid sanitariya-gigiyenik talablar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratmoqda. Zarur ma’lumotlar bilan tanishish va mutaxassislar tavsiyalaridan foydalanish mumkin.
Shu bilan birga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida
“1354” qisqa raqamli ishonch telefoni hamda
@Sanepidmurojaatbot ga tadbirkorlar murojaat yo‘llashlari mumkin.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
