KOLBASA MAHSULOTLARINI SAQLASH MUDDATI UZAYTIRILDI
2025-04-29 17:00:00 / Yangiliklar

Shu bilan birga kolbasa mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qo‘yiladigan gigiyenik talablari amal qilish muhim hisoblanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddati, ularni saqlash va tashishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar (0054-23-son SanQvaN)ga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
SanQvaN (0054-23-son) 1-ilovaning “Go‘shtdan tayyorlangan kolbasa mahsulotlari” blogi talablariga ko‘ra:
Oliy navli kolbasalar yaroqlik muddati 72 soat saqlash harorati esa +2dan +4gacha bo’lgan.
Hozirgi vaqtda (qaynatilgan kolbasa)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 7 – 14 kun 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 30 kun 0 dan +6 gacha etib belgilandi.
Birinchi va ikkinch navli kolbasalar 48 soat davomida +2dan +4gacha bo’lgan. O‘zgartirishlar ko‘ra (Xom dudlangan kolbasa)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 180 kun -2 dan -4 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 120 kun davomida 0 dan +10 gacha etib belgilandi.
Bug’-gaz o’tkazmaydigan qobiqli (oliy navli) kolbasalar 10 kun davomida +2dan +4gacha ko‘rsatilgan bo’lsa, hozirgi vaqtda xom dudlangan (quruq) kolbasalar
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 180 kun 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 180 kun 0 dan +6 gacha belgilandi!
Birinchi navli bug‘-gaz o‘tkazmaydigan qobiqli kolbasalar 8 kun davomida +2dan +4gacha saqlanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, endilikda (yarim dudlangan kolbasalar)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 15 kun 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 0 dan +6 haroratgacha 30 kun davomida deb ko‘rsatildi.
Bug‘-gaz o‘tkazmaydigan qobiqli ikkinchi navli kolbasa 7 kun davomida +2 dan +4 gacha bo’lgan.
O‘zgartirishlar ko‘ra (qaynatilgan kolbasa mahsulotlari (sosiskalar, sardelkalar va boshqalar)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 5 – 10 kun 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 30 kun 0 dan +6 gacha belgilandi!
Sosiska, sardelka 72 soat davomida +2 dan +4 gacha bo’lgan.
Hozirgi vaqtda (qaynatilgan-dudlangan kolbasalar)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 30 kun 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 60 kun 0 dan +6 gacha belgilandi!
Bug‘-gaz o‘tkazmaydigan qobiqli sosiska, sardelka 7 kun davomida +2 dan +4 gacha bo’lgan.
Endilikda (qonli, liver kolbasa)
Vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanmaganda 48 – 72 soat 0 dan +6 gacha, vakuum yoki modifikatsiyalangan atmosfera qo‘llanganda 3 – 5 kun 0 dan +6 gacha belgilanmoqda!
Kiritilgan bu kabi o‘zgartirish va qo‘shimchalardan maqsad kolbasa mahsulotlarining yaroqlilik muddatini uzaytirish orqali xalqaro standartlarga moslashtirish ko‘zda tutilgan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
