Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalanishiga qoʻyiladigan talablar
2025-04-29 10:30:00 / Video galeriya
Tamgʻalash – oziq-ovqat mahsulotining isteʼmol qadogʻiga, transport qadogʻiga, ilova varaqqa, etiketkaga yoki yorliqqa tushiriladigan yozuvlar, rasmlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilar va (yoki) ularning kombinatsiyalari tarzidagi oziq-ovqat mahsuloti toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalanishi isteʼmolchilarga ularning ozuqaviy va parhez ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda oziq-ovqat mahsulotini tanlash imkonini beruvchi maʼlumotlarni taqdim etiladi.
Oziq-ovqat mahsulotini toʻgʻri tamgʻalanishi nosogʻlom oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish bilan bogʻliq yuqumli boʻlmagan kasalliklarning rivojlanishini oldini olishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalanishiga qoʻyiladigan talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalash yuzasidan uning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 12-iyuldagi 490-son qarori bilan tartibga solinadi.
Oʻzbekiston Respublikasini Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 2-iyundagi PQ-181-son qaroriga muvofiq, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni Kodeks Alimentarius standartlariga muvofiqlashtirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotini tamgʻalanishiga qoʻyiladigan talablar boʻyicha sanitariya-qoidalari, normalari va gigiyena normativlari ishlab chiqiladi.
