MAXSUS JIHOZLANGAN “DAMAS” AVTOMASHINALARI TOPSHIRILDI
2025-04-22 15:55:00 / Yangiliklar

Sirdaryo viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Hasanovning ma’lum qilishicha, mazkur avtomashinalar xizmat ko‘rsatish hududi keng bo‘lgan tumanlarga – Boyovut, Mirzaobod, Xovos va Oqoltin tumanlariga taqsimlanishi rejalashtirilgan.
Bu maxsus avtotransport vositalari chekka hududlarda yashovchi aholidan olinadigan namunalarni laboratoriyalarga tezkor yetkazib berish, shuningdek, olis hududlarda epidemiologik tahlil va dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishda qo‘l keladi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar jarayonida sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xususan, jadal harakatlanish imkoniyatiga ega avtotransport vositalari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, infeksion kasalliklar tarqalishiga qarshi tezkor choralar ko‘rishda maxsus avtomashinalarning o‘rni beqiyos.
Mazkur tashabbus aholi salomatligini muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish va epidemiologik xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
