TIBBIY NAZORATDA SHAFFOFLIK: BODIKAMERA VA PLANSHETLAR QANDAY ISHLATILADI?
2026-10-30 11:40:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tizimi tarixida ilk bor Qo‘mita, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari xodimlariga 725 ta zamonaviy planshet va 725 ta maxsus bodikamera xarid qilinib, foydalanish uchun taqdim etilgan edi.
Qo‘mita binosida davlat sanitariya nazorati (tekshiruv) tadbirlarini tubdan takomillashtirish, sohada shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish hamda qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan videokonferensaloqa shaklidagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazi katta mutaxassisi Umar Saidvaliyev ishtirok etib, xarid qilingan qurilmalarning vazifalari, ulardan foydalanish tartibi va amaliy imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati



