ÇANGLI HAVODA NIMA QILIŞ KERAK?
2026-10-29 18:50:00 / Yangiliklar

Nima qiliş kerak?
-Işga, öqişga, xarid uçun köçaga çiqqanda tibbiy niqob taqiş va har 2 soatda almaştiriş;
-Köçadan uyga qaytgaç duş qabul qiliş (soç va yuz-közlarni yaxşilab yuviş);
-Kalit, közoynak, telefon va sumkani namlangan salfetka bilan yaxşilab artiş;
-Köçaga kiyib çiqqan kiyimlarni yuviş;
-Ustki kiyimlarni (kostyum, plaş, palto va boşqalar) maska taqqan holda taşqarida yaxşilab qoqiş;
-Nim ta’sir etuvçi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni tez-tez çayiş;
-Köproq suyuqlik (iliq) içiş, iloji bölsa kök çoy, na’matak damlamasini içiş;
-Yoğli, qovurilgan, dudlangan, tuzlangan, şör, aççiq taomlarni çeklaş;
-Suyuq sabzavotli taomlar, sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir va boşqalar), kökatlarni iste’mol qiliş.
-Çangni köp töplanişini oldini oliş va uyni hamda yuzalarni töğri tozalaş kerak:
-Uy, işxona va maşina eşiklari va derazalarini ziç yopiş;
-Çang yiğilişi mumkin bölgan hamma narsalarni çang yutgiç yordamida tozalaş kerak (gilam, yumşoq mebel, yumşoq öyinçoqlar va boşqalar). Yumşoq mebelni qoqişdan avval usti namlangan latta bilan öralişi tavsiya etiladi.
-Çang yiğilişi mumkin bölgan barça yuzalarni (pol, şkaf, işçi yuzalar va boşqalar) kun davomida bir neça marta namlangan latta bilan yaxşilab artiş kerak;
-Oyoq kiyimlarini eşik oldida qoldiriş va imkon qadar tezroq yuvib qöyiş kerak;
-Xona havosi optimal namligini ta’minlaş: höl soçiqlarni xonalarga osiş, kattaroq siğimli idişlarga suv solib qöyiş.
Nafas yöli surunkali kasalliklari bor yurtdoşlarimizga çangli havoda taşqariga çiqmaslikni tavsiya qilamiz!
Sanepidqömita Axborot xizmati
