OCHIQ MULOQOT: QISH MAVSUMIDAGI YUQUMLI KASALLIKLAR
2026-10-13 09:30:00 / E'lonlar

Qishda tez-tez shamollashning oldini qanday olish mumkin?
- Gripp bilan oddiy shamollashning farqini bilasizmi?
- Farzandingiz isitmalasa yoki yo‘talsa, qanday yo‘l tutish kerak?
- Uyda kimdir gripp bo‘lsa, boshqa oila a’zolarini qanday himoya qilish mumkin?
- Grippga qarshi emlash, antibiotiklar va vitaminlar haqida savollaringiz bormi?
Unda sizni 13-oktabr kuni soat 14:00 da Qo‘mitaning Telegramdagi rasmiy kanalida, Facebook hamda Instagram sahifalarida o‘tkaziladigan “Qish mavsumidagi yuqumli kasalliklar va gripp: oldini olish va himoyalanish” mavzusidagi ochiq muloqotga taklif etamiz.
Muloqot davomida mutaxassislar gripp va boshqa mavsumiy kasalliklardan himoyalanish, bolalar, homilador ayollar va keksalar salomatligini asrash hamda kasallik belgilari paydo bo‘lganda qanday yo‘l tutish haqida ma’lumot beradilar.
Savollaringizni @Sanepidmurojaatbot orqali yuboring — ochiq muloqot davomida mutaxassislardan javob oling!
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee

