SHARQIY YEVROPA VA MARKAZIY OSIYODA SIL VA OIVGA QARSHI KURASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-09-29 16:30:00 / Yangiliklar

Bugun Toshkentdagi Courtyard by Mariott mexmonxonasida “Chegarasiz shifokorlar” tashkiloti (Médecins Sans Frontières) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Toshkentda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda sil va OIV epidemiyalarining o‘zaro bog‘liqligi masalasini muhokama qilish uchun qaror qabul qiluvchi shaxslar va texnik ekspertlar ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Muhokamalarda OIVning oldini olish uchun kontaktgacha profilaktika bo‘yicha JSSTning eng so‘nggi tavsiyalarini joriy etish, OIV va sil bo‘yicha insonga yo‘naltirilgan tibbiy xizmatlarni rivojlantirish, ko‘p dorilarga chidamli silni davolashning xavfsizroq va qisqaroq rejimlarini kengroq qo‘llash, shuningdek, migratsiya qiluvchi shaxslar uchun transchegaraviy uzluksiz davolashni ta’minlash yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar yakunida «Chegarasiz shifokorlar» tashkiloti, JSST va Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari yangi yondashuvlarni joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash, amaliy saboqlar va dasturiy tajriba bilan o‘rtoqlashish, shuningdek, milliy dasturlarni JSSTning eng so‘nggi tavsiyalariga muvofiqlashtirish borasidagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirishga kelishib oldi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee



