MUROJAATLAR BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR
2026-09-17 15:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 17-sentabr kuni Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish choralari» mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarni Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari N.Atabekov olib bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Davlat tashkilotlari tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini nazorat qilish sho‘basi bosh inspektori S.Xodjayev hamda mazkur sho‘baning yetakchi inspektori R.Qurganov ishtirok etib, murojaatlar bilan ishlashdagi dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan tushuntirishlar berdilar.
Seminarda Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va bo‘limlari boshliqlari, murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlar, shuningdek, Respublika muassasalarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik talablari asosida qabul qilish, ro‘yxatga olish va ko‘rib chiqish, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni chuqur o‘rganish, ularga asoslangan va qonuniy javoblar berish, ijro intizomiga rioya qilish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tizimda murojaatlar bilan ishlash jarayonida uchrayotgan muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va kelgusida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha muhokama qilindi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar berildi hamda murojaatlar bilan ishlashni yanada takomillashtirish yuzasidan fikr va takliflar almashildi.
Seminar mazmunli va amaliy muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar uchun murojaatlar bilan ishlash sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee



