PARFYUMERIYA-KOSMETIKA MAHSULOTINI OLIB KIRISH HAMDA ISHLAB CHIQARISH UCHUN RUXSATNOMA OLISH TARTIBI QANDAY?
2026-09-15 17:20:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risida yagona Nizom“ ning 63-ilovasida parfyumeriya-kosmetika mahsulotini olib kirish hamda ishlab chiqarish uchun ruxsatnoma olish tartibi belgilangan. Mazkur ruxsatnomani amal qilish muddati 5 yil, arizani koʻrib chiqish muddati 12 ish kuni etib belgilangan.
Ruxsatnoma olish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
a) parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini chet eldan olib kirish uchun:
mahsulotning davlat tilida maʼlumotlar yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;
tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;
ushbu mahsulotning xavfsizlik sertifikati yoki ishlab chiqaruvchi joylashgan davlatda roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);
b) parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun:
mahsulotning davlat tilida maʼlumotlar yoritilgan qadoq oʻramlari yoki ularning loyihasi;
parfyumeriya-kosmetika mahsulotining tarkibiy qismi, qoʻllanish sohasi va meʼyorlari koʻrsatilgan tavsifnomasi;
akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyaning toksikologiya-gigiyenik baholash hisoboti (laboratoriya majmuasi bilan tuzilgan shartnoma va hisob-faktura ilovasi bilan);
xalqaro yoki milliy standartlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi bilan kelishilgan texnologik yoʻriqnoma va retseptura.
Talabgor (ariza beruvchi) ushbu ilovaning 9-pozitsiyasida keltirilgan ruxsat etishga oid talab va shartlarga rioya qilishi lozim.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
