“AHOLINI SHOVQINNING ZARARLI TA’SIRIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”gi QONUN QABUL QILINDI
2026-09-15 15:55:00 / Yangiliklar

Qonunga ko‘ra, shovqinning yo‘l qo‘yiladigan darajasidan yuqori, fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan shovqinlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
turar joy binolari hududida insonlarning maishiy, uy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan shovqin;
qurilish maydonlaridagi mehnat faoliyati tufayli hamda qurilish texnikasi va transport vositalaridan yuzaga keladigan shovqin;
turli toifadagi transportlarning ishlashi va harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan shovqin va boshqalar.
Yangi qonun bilan mamlakatimizda fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini taʼminlash maqsadida qatʼiy talablar hamda "tinchlik rejimi" joriy etilmoqda.
Qonunning eng muhim jihatlari va asosiy cheklovlari: Tinchlik rejimi va vaqt cheklovlari Belgilangan normadan ortiq shovqin chiqarish orqali fuqarolar osoyishtaligini buzish quyidagi vaqtlarda taqiqlanadi:
Ish kunlarida: soat 23:00 dan 07:00 gacha;Dam olish va bayram kunlarida: soat 22:00 dan 09:00 gacha.
Uy-joylarda taʼmirlash ishlariTurar joy binolari va ularga tutash hududlarda shovqin soluvchi qurilish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya ishlarini olib borishga faqat ish kunlari soat 09:00 dan 18:00 gacha ruxsat beriladi. Dam olish va bayram kunlarida bunday shovqinli ishlarni bajarish taqiqlanadi.
Cheklovlar qaysi holatlarga tegishli?
Meʼyordan yuqori va fuqarolar tinchligini buzuvchi quyidagi shovqin turlari tartibga solinadi:
Aholining maishiy va uy-xo‘jalik faoliyati natijasidagi shovqinlar. Qurilish maydonlaridagi ishlar, qurilish texnikasi va transport vositalari shovqini. Ishlab chiqarish korxonalari va texnologik uskunalarning shovqini.Turli toifadagi transport vositalarining harakati davomidagi shovqinlar.
Qonun qaysi holatlarga tatbiq etilmaydi?
Quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladigan shovqinlar qonunbuzarlik hisoblanmaydi:
- Tabiiy hodisalar natijasidagi shovqinlar;
- Huquqbuzarliklarning oldini olish, shoshilinch tibbiy yordam, qutqaruv hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmaydigan ishlar;
- Milliy bayramlar, ommaviy sport va madaniy tadbirlar, shuningdek, diniy rasm-rusumlar hamda marosimlar.
Nazorat va javobgarlik.
Mas’ul organ: Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi aholini shovqindan himoya qilish sohasidagi vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Shovqinning zararli ta’siri tufayli zarar ko‘rgan fuqarolar sud tartibida kompensatsiya undirish huquqiga ega bo‘ladi. Shovqin me'yorlarini muntazam buzayotgan obektlar faoliyatini to‘xtatib turish mexanizmlari ham nazarda tutilgan.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
