BRIFING
2026-09-08 17:40:00 / Yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari M. Saidova ishtirokida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishi natijalari bo‘yicha brifing o‘tkazildi.
2026-yilning o‘tgan 8 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 183 ta murojaat kelib tushgan.
Ularning:
93,6% O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Virtual va Xalq qabulxonalari orqali;
2,8% yozma shaklda;
3,6% og‘zaki tarzda kelib tushgan.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, ularning 96,2 foizi ijobiy hal etilgan yoki huquqiy ma’lumot berish orqali qanoatlantirilgan.
Qolgan 3,8 foiz murojaatlar yuzasidan umumiy mazmunda tushuntirishlar berilgan.
Murojaatlarning eng katta qismi — 70 foizi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bog‘liq bo‘lib,
Jumladan:
· sanitariya qoidalari va me’yorlarining buzilishi;
· sanitariya nazorati;
· epidemiologiya masalalari;
· yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinatsiya;
· davolash-profilaktika yordami;
· aholini dori-darmonlar bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarilgan.
7 foiz murojaatlar tadbirkorlik faoliyati, sanitariya-epidemiologik xulosalar va boshqa masalalarga tegishli.
Fuqarolar murojaatlarini bevosita eshitish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish va qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida Qo‘mita tomonidan aholi bilan sayyor qabullar muntazam tashkil etilmoqda.
Joriy yilning avgust oyi davomida Qo‘mita raisi va o‘rinbosarlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Samarqand viloyatlarida sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda jami 80 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar bilan uchrashuvlarda asosan:
· sanitariya-epidemiologiya sohasi;
· jamoat salomatligini muhofaza qilish;
· tibbiy-sanitariya xizmatlari;
· hududlarning sanitariya holati;
· dezinfeksiya tadbirlari;
· tibbiy xizmatlar;
· boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega masalalar bo‘yicha murojaatlar bildirilmoqda.
2026-yilning 8 oyida kelib tushgan 3 183 ta murojaatning 96,2 foizi ijobiy hal etilgani yoki huquqiy ma’lumot berish orqali qanoatlantirilgani murojaatlar bilan ishlash tizimida amaliy natijalarga erishilayotganini ko‘rsatadi.
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
@sanepidcommittee
