YANGI BOSQICH — XALQARO STANDARTLARGA MOS LABORATORIYA MAJMUASI!
2026-09-04 17:50:00 / Yangiliklar

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Parkent tumani bo‘limi Laboratoriyalar majmuasi UNOPS xalqaro tashkiloti hamkorligida to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy va innovatsion qiyofa kasb etdi.
Istiqlolimizning 35 yilligi munosabati bilan Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining to‘liq rekonstruksiya qilingan binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov, Sanepidqo‘mita Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Beknazarov tuman mutasaddi rahbarlari, nuroniylar hamda tuman bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Bugun ushbu majmua xalqaro standartlarga to‘liq mos ravishda ta’mirlandi. Eng zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlandi va yuqori aniqlikdagi laborator tahlillarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Laboratoriyalarda endilikda oziq-ovqat xavfsizligi, sanitariya-gigiyena, epidemiologik nazorat hamda jamoat salomatligiga oid eng so‘nggi va aniq laborator tahlillar olib boriladi.
Mazkur majmua tuman sanitariya-epidemiologiya tizimini yangi bosqichga olib chiqish, aholi salomatligini ishonchli himoya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Sanepidqo'mita Axborot xizmati



